AsosiyJamiyat

10 oktyabrdan 1146 qisqa raqamli "Ishonch telefoni" qayta ishga tushirilmoqda. Zo`ravonlikka uchragan shaxslar qo`ng`iroq qilishi mumkin

'10 oktyabrdan 1146 qisqa raqamli "Ishonch telefoni" qayta ishga tushirilmoqda. Zo`ravonlikka uchragan shaxslar qo`ng`iroq qilishi mumkin'ning rasmi

Yurtimiz xotin-qizlarining oilaviy turmush muammolarini bartaraf etishga ko`maklashish, hayotiy haq-huquqlarini munosib himoya qilish, ularning maishiy zo`ravonlik qurboniga aylanib qolishlarini oldini olish, hayotini qayta yo`lga qo`yishda moddiy va ma`naviy, tibbiy-psixologik yordam berish  maqsadida Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligining “1146”qisqa raqamli Ishonch telefoni o`z faoliyatini boshlamoqda. Bu haqda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.  

Mazkur “1146” qisqa raqamli Ishonch telefoni ish-faoliyati muqaddam Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan olib borilgan.

Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi Zo`ravonlikdan jabr ko`rgan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda o`z joniga qasd qilishni oldini olish Respublika markazi qoshida mazkur Ishonch telefoni faoliyatini joriy yilning 10 oktyabr sanasidan yo`lga qo`yish va uni moliyalashtirish bo`yicha BMTning Aholishunoslik jamg`armasi (YuNFPA) bilan o`zaro kelishuvga erishdi.  

Hozirda zarur tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Ishonch telefoni orqali zo`ravonlik qurboniga aylangan xotin-qizlarga hayotidagi mavjud og`ir vaziyatlardan chiqishlariga yordam berilib, ularga zarur ruhiy, huquqiy hamda tibbiy ko`mak beriladi.

  • murojaatchi xotin-qizlarning xohishiga ko`ra, uning shaxsi va murojaat mazmuni sir saqlanadi.
  • o`z atrofidagi xotin-qizlarning haq-huquqlari toptalayotganligiga guvoh bo`layotgan yoki boshqa salbiy holatlarga duch kelgan yurtdoshlarimiz ham “1146” Ishonch telefoniga qo`ng`iroq qilib, bu haqida xabar berishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar