2020 yil 4 oktyabr soat 10.00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58421 (+183) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining
- 81 nafari Toshkent shahrida,
- 28 nafari Jizzax viloyatida,
- 21 nafari Toshkent viloyatida,
- 18 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 13 nafari Samarqand viloyatida,
- 6 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan.
Ayni paytda yurtimizda 54854 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3088 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 573 nafari og`ir, 252 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






