Serialda Jalolidin Manguberdi obrazini talqin qilayotgan aktyor Emre Kiviljim ham o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi:
Jaloliddin Manguberdining jasorati meni hayratda qoldirdi. Vatani va millat himoyasida o`zini fido qilgan, tarixda muhim shaxs sifatida nom qozongan buyuk sarkardaning shijoati unga bo`lgan mehrimni uyg`otdi.
Biz ikki tilda so`zlashadigan bitta millatmiz, serialda suratga tushish chog`ida o`zbek aktyorlari bilan bir oila bo`lib ishladik. Ularning teatr yo`nalishidagi mahorati kuchli ekanligini ko`rdik. Biz o`zaro tajriba almashdik. Har ikkala davlat aktyorlarining mahoratidan o`rgansa arzigulik jihatlar ko`p.






