AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda "Damas"ning yukxonasidan giyohvand modda to`la gururt qutilar topildi

'Qashqadaryoda "Damas"ning yukxonasidan giyohvand modda to`la gururt qutilar topildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar IIO FMB YHXB inspektori S.Norimov tomonidan Qarshi shahar, Beklar mahallasi hududidan o`tuvchi “Jayhun” ko`chasi bo`ylab harakatlanib ketayotgan “Damas” rusumli transport vositasi ko`zdan kechirilganda, avtomobil yukxonasida, 3 dona gugurt qutilariga solingan, yashil rangli, o`tkir hidli o`simlik talqoni borligi aniqlanib, ushbu modda belgilangan tartibda xolis va guvohlar ishtirokida rasmiylashtirilgan. 

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati  xabar berdi.

Viloyat IIB EKBning 03.10.2020 yildagi xulosasiga asosan, ushbu modda tarkibida tetragidrokannabinol mavjudligi, u giyohvand moddalar tarkibiga kiruvchi, kannabis o`simligidan olinuvchi marixuana ekanligi, sof og`irligi 12,4 grammga tengligi ma`lum bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan 04.10.2020 yilda Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan fuqaro Yu.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar