Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi ma`lum qilishicha, yurtimizda koronavirusdan sog`ayganlar soni 55 mingdan oshdi.
Shu bilan birga, 2020 yil 4 oktyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 612 (+191) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 33 nafari Namangan viloyatida, 13 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 246 nafar, Toshkent viloyatida 64 nafar, Jizzax viloyatida 27 nafar, Sirdaryo viloyatida 24 nafar, Namangan viloyatida 18 nafar, Samarqand viloyatida 17 nafar, Andijon viloyatida 15 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 8 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 55 281 (+427) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 94 foizga etdi.
Hozirda mamlakatimizda 2 851 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






