AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp davlat rahbari Barak Obama va o`zining raqibi Xillari Klintonni «Islom davlati»ni tashkil etganlikda aybladi, deb yozadi RBK.
«Ular DAIShni yaratdi, Xillari Klinton va Barak Obama birgalikda yaratdi», — deydi Tramp. Shuningdek u Tehrondagi hodisalarni Eron Saudiya neftiga yo`l topmoqchi, deya baholadi.
Avvalroq Klinton Trampni «ID eng zo`r targ`ibotchisi» deb atagandi.
AQShda 2016 yilgi prezident saylovi oldidan poyga avj olmoqda. Bugungi kunda Demokratlar va Respublikachilar orasidan etakchilar chiqqan, ularning asosiy mavzulari — Rossiya va Suriya bo`lib qolmoqda.





