AsosiyJamiyat

"Chinni bozor" haqidagi xabar haqiqatdan yiroq ekanligi ma`lum qilindi

'"Chinni bozor" haqidagi xabar haqiqatdan yiroq ekanligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Chinni bozor” ma`muriyati paxta mavsumi uchun tadbirkorlardan noqonuniy ravishda 1500000 so`mdan pul talab qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmatining yozishicha, shu munosabat bilan Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi raisi Baxtiyor Sayfullaev hamda Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo`mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Malika Qodirxonova tomonidan ushbu xabarning qanchalik haqiqatga yaqinligini bilish maqsadida joyiga chiqib o`rgandi.

Senat a`zolari “Chinni bozor”dagi 20 dan ortiq do`konlar faoliyati bilan tanishdi. Sotuvchilar bilan bo`lgan suhbat chog`ida ushbu xabar haqiqatdan yiroq ekanligi ma`lum bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar