AsosiyJamiyat

O`zbekistonning 9 ta hududida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

'O`zbekistonning 9 ta hududida koronavirusga chalinganlar aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 5 oktyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 859 (+172) nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining:  

  • 38 nafari Jizzax viloyatida,  
  • 34 nafari Toshkent shahrida,  
  • 30 nafari Toshkent viloyatida,  
  • 24 nafari Buxoro viloyatida,  
  • 14 nafari Andijon viloyatida,  
  • 11 nafari Samarqand viloyatida,  
  • 10 nafari Surxondaryo viloyatida,  
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,  

5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.  

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 55 318 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.  

Hozirda mamlakatimizda 3 058 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar