AsosiyJamiyat

Samara va Qozondan Toshkentga qoʼshimcha charter qatnovlari amalga oshirilishi maʼlum qilindi

'Samara va Qozondan Toshkentga qoʼshimcha charter qatnovlari amalga oshirilishi maʼlum qilindi'ning rasmi

"Uzbekistan airways" aviakompaniyasi 2020 yil 9- oktyabrda Qozondan Toshkentga va 2020 yil 10 oktyabrda Samaradan Toshkentga qo`shimcha charter qatnovlari amalga oshirilishi to`g`risida xabar berdi.

Parvozlar jadvali va aviachiptalar narxlari bilan aviakompaniya veb-saytida tanishishingiz mumkin:

Aviakompaniya xabarida quyidagilarga e`tibor qaratish so`ralmoqda:

Rossiya Federasiyasining shaharlaridan O`zbekistonga havo qatnoviga O`zbekiston Respublikasi, Rossiya Federasiyasi va Qirg`iziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan o`tganligi to`g`risidagi ma`lumotnomani (qatnov jo`nashidan oldin kamida 72 soatdan ko`p bo`lmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsatl beriladi. PZR ma`lumotnomasiga ega bo`lmagan yo`lovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qo`yilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, "Uzbekistan airvays" AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki mintaqangizdagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin.

    Boshqa yangiliklar