Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda koronavirus infeksiyasi haqida aholi savollariga javob qaytarildi.
Savol: Koronovirusning asosiy xavfi nimada? Nima uchun bu kasallikka butun dunyo ahamiyat bermoqda?
–Kornovirus infeksiyasi o`ta kontagiozligi bilan xavfli. U juda tez tarqaladi va agressiv.
Virus o`pka nafas tizimini zararlaydi va o`tkir respirator distress sindromini rivojlantiruvchi pnevmoniyani chaqiradi. Bu esa o`z navbatida o`tkir nafas etishmovchiligining og`ir turiga olib keladi va o`lim bilan ham yakunlanishi mumkin.
Dunyoda kundan kunga kasallangan va vafot etganlar soni tezlik bilan ortib bormoqda. Hozirgi kunda dunyo bo`ylab koronovirusdan 1 mln dan ko`p bemorlar vafot etdi va kasallanganlar soni 35 mln dan oshdi. Shuning uchun butun dunyo mamlakilari ushbu kasallikka alohida e`tibor qaratmoqda.






