AsosiyJamiyat

Andijonda 5-sinf o`quvchisi maktabga "Neksiya-3" minib keldi

'Andijonda 5-sinf o`quvchisi maktabga "Neksiya-3" minib keldi'ning rasmi

 5 oktyabr kuni Andijon viloyati, Andijon shahar IIB YHXB YPX xodimi A.Yuldashev belgilangan taqsimot asosida Andijon shahar, beshinchi kichik daha hududida xizmat olib borayotgan vaqtida, xizmat joyiga yaqin bo`lgan 41-sonli maktabga, ko`rinishidan voyaga etmagan bola "Neksiya-3" rusumli transport vositasini boshqarib kelganligini ko`rgan va darhol uning yoniga borgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi. 

Voyaga etmagan boladan yoshini so`ragan vaqtida, bola ushbu 41-sonli maktabning 5-sinfida tahsil olishini ma`lum qilgan.

YPX xodimi bola bilan maktabga kirib, maktab rahbari, o`qituvchilar, o`quvchilar va bolaning oila a`zosi ishtirokida aniqlangan holatni muhokama etgan. 

Transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo`lmagan, voyaga etmagan bolaga boshqaruvni topshirganligi uchun avtomobil egasiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko`rilgan.

 

    Boshqa yangiliklar