1

Suyak kasalliklari suyak suradimi?

Salomatlik 04.01.2016, 12:06
Suyak kasalliklari suyak suradimi?

Inson a`zolari ichida eng qattiq deb ta`riflanuvchi suyak o`z navbatida nozikligi bilan ham ajralib turadi. Negaki, suyakka qo`pol munosabat qilish, jarrohlik usullari ta`siri natijasida u turli kasalliklarga duchor bo`ladi. Ba`zida bu insonning majruh bo`lib qolishiga, suyakning sekin-astalik bilan emirilishiga ham olib keladi.

Suyakning osteoporoz, osteomelit kasalliklari haqidagi savollarimizga Respublika ixtisoslashgan suyak-yiring xastaliklari va shikastlanish oqibatlarini davolash ilmiy markazi direktorii, tibbiyot fanlari nomzodi Abduvohid Toshpo`latovdan javob oldik.

Osteoporozsuyakning bo`shashishi, mo`rtlashishi  

Kasallikning kelib chiqishi:

1. Birlamchi osteoporoz, bu — kam harakatlik va ayrim kasalliklar tufayli kelib chiqadi. Inson qanchalik ko`p harakat qilsa, yayov yursa, suyak qattiqlashib, murakkab bo`la boradi. Hozirgi kunda texnika rivojlanishi hamda transport vositalaridan ko`p foydalanish oqibatida harakat kamayib, suyaklarning mo`rtlashishiga hamda osteoporoz kasalligining kelib chiqishiga olib kelmoqda.

2. Ikkilamchi osteoporoz — turli kasalliklarlar natijasida bemorlarning oylab yotib qolishi, harakatsizligi sababli kelib chiqadi. Bemor tavsiya qilingan dori-darmonlarni iste`mol qilgandan so`ng yana harakatsiz qolsa, natijada dorilar borib-borib badanga singishdan to`xtaydi. Buning natijasida esa osteoporoz kasalligi yanada kuchayib ketadi.

Osteomielitsuyakning yiringli shamollashi  

Kasallikning kelib chiqish sabablari:

1.   Sovuqda uzoq vaqt qolib ketish

2.   Suyakka operasiya qilish jarayonida infesiya tushirish

3.   Jarohatlarni vaqtida davolamaslik

Osteomielit turlari:

1.  Gemotogen

2.   Shikastdan keyingi osteomielit

Kasallik kimlarda ko`p uchraydi?

Osteomielit kasalligi asosan yosh bolalarda ko`p uchraydi. Kasallik 80-85 foiz birlamchi jarohatdan so`ng boshlanadi. Bunda infeksiya qon orqali shikastlangan suyak to`qimasida rivojlanishi oqibatida kasallik  boshlanadi.

Bu kasallik katta yoshlilarda og`ir jarohat olganda ayrim shifokorlarning tajribasizligi oqibatida noto`g`ri tashxis qo`yishi sababli rivojlanib ketadi.

 Kasallik belgilari:

1.         Yuqori harorat

2.         Bezovtalik

3.         Jarohat olgan joyda qattiq og`riq

4.         Shish

5.         Septik holat

6.         Alahsirash

Suyak kasalliklarining oldini olish:

·   Bolalarni yoshlikdan to`g`ri ovqatlanishga o`rgatish

·    Sport bilan doimiy ravishda shug`ullanish

·    Uyqudan oldin ovqatlanmaslik. Bu ko`pgina kasalliklarning oldini olishda yordam beradi. Agar ovqatlangandan so`ng harakat qilinmasa, eyilgan ovqat bora-bora zaharga aylanadi.

·    Og`ir jarohatdan saqlanish.

Kasallik irsiy bo`lishi mumkinmi?

Osteoporoz hamda osteomielit kasalliklari irsiy bo`lmaydi. Ammo osteoporoz kasalligi ba`zida tug`ma bo`lishi mumkin. Bunda suyak infeksiya yuqishi yoki biror modda etishmasligi oqibatida ona qornidayoq bo`shashishi mumkin. Agar bola tug`ma bu kasallik bilan tug`ilsa, suyak mo`rt bo`lib qolib, arzimagan harakat, qoqilib ketish natijasida ham sinishi mumkin.

Kasallikning qaytalanishi

Osteomielit tez-tez qaytalanib, odam tanasining butun a`zolariga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmaydi. Bunda bo`g`imlarda, asab tizimida, qon-tomir, yurak, buyrak, jigar va boshqa yumshoq to`qimalarda o`zgarishlar kuzatiladi. Osteomielitga uchragan naysimon suyaklarda esa patalogik sinish, katta hajmda suyak to`qimasining chirishi, suyak defekti, yolg`on bo`g`im, suyak to`qimasining o`sishdan to`xtashi va suyak hosil qiladigan bo`g`imlarning tiklanishida og`ir o`zgarishlar paydo bo`lishi mumkin.

Davolash

Agar bemor kasallikni tezda sezib, vaqtida davolansa, asoratlarsiz sog`ayib ketishi mumkin. Agar suyak emirilib, yiringlash qonga tarqalgan bo`lsa, sezilarli asoratlar qoladi. Kasallik kompleks va operasiya usulida davolanadi. Osteomielitdan ortopedik asoratlar qolmasligi ham mumkin.

Har bir inson o`z salomatligi uchun qayg`urmog`i shart. Agar u o`z sog`ligiga e`tibor bermas, jarohatlardan saqlanmas ekan, bir umr majruh bo`lib qolishi, davosi yo`q kasalliklarga duchor bo`lishi mumkin. Atrofda millionlab kasallik infeksiyalari izg`ib yurgan bir paytda ehtiyotsizlik qilib turli kasalliklarni yuqtirib yoxud orttirib olish ortiqcha.

Bugungi kunda dunyoda onkologik kasalliklar tarqalishi bo`yicha birinchi o`rinda tursa, jarohatlar va boshqa sabablar bilan suyak emirilishi kasalliklarini orttirib olish, natijada bir umrga majruh bo`lib qolish 2-o`ringa chiqib ulgurgan.

Agar inson oz bo`lsa-da, o`zini hamda oila a`zolarning sog`lig`iga e`tiborli bo`lsa, suyak kasalliklaridan xoli bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1