Rossiya aviakompaniyalariga dunyoning 24 ta mamlakatiga muntazam parvozlarga ruxsat berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo`ja Norovning telegram kanali orqali xabar bermoqda.
Jumladan, aviakompaniyalar uchun Belarus, Buyuk Britaniya, Misr, Qozog`iston, Qirg`iziston, Maldiv orollari, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Tanzaniya ochiq mamlakatlar hisoblanadi.
Ozarbayjon, Armaniston, Germaniya, Gresiya, Isroil, Ispaniya, Italiya, Kipr, Xitoy, Malta, Niderlandiya, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston, Chexiya, O`zbekiston esa parvozga ruxsat berilgan yopiq mamlakatlar ro`yxatiga kiritilgan.






