Rospotrebnadzorning xabar berishicha, genida muayyan o`zgarishi bor odamlarga koronavirus infeksiyasi yuqmas ekan.
Ushbu idora ma`lumotlariga qaraganda, ushbu o`zgarishni kodlaydigan ACE2 oqsil yordamida koronavirus nafas yo`llariga o`tadi. Aynan mana shu oqsil «virusning o`tishini engillashtiradi yoki aksincha», deb xabar berdi TASS axborotiga tayanib Yuz.uz.
«Shunday qilib, genetik variantlarni aniqlash COVID-19 ning og`ir formasini yuqtirishga moyil, shu bilan birga baxtli, ya`ni «himoyalangan» odamlarni aniqlash imkonini beradi», — deyiladi xabarda.
Avval, 5 oktyabrda Rospotrebnadzorda mavsumiy kasallik bilan shikastlanganlar koronavirus, jumladan SARS-CoV-2 infeksiyasiga qarshi immunitet orttirib olishini ta`kidlagandi. Lekin bunday immunitetning qanchalik ishonchli ekanligi haqida mutaxassislar biron narsa deya olmayapti.






