AsosiyJamiyat

Shahar yo`lovchi transportidan kimlar bepul foydalanishi mumkin?

'Shahar yo`lovchi transportidan kimlar bepul foydalanishi mumkin?'ning rasmi

Shahar yo`lovchilar transportidan (taksidan tashqari) kimlar bepul foydalanish huquqiga egaligini bilasizmi? Bu haqda amaldagi qonunchilikka asoslanib, Huquqiy axborot kanalida tushuncha berildi.

 1941—1945 yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo`lmish harbiy xizmatchilar;  

 1941—1945 yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;

1941—1945 yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;  

Afg`oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo`lmish fuqarolar;  

 haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo`yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;  

Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar; 

 ko`zi ojiz nogironlar va ko`zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxslar.

    Boshqa yangiliklar