AsosiyDunyo

Qirg`iziston prezidenti mamlakatdagi to`qnashuvlar yuzasidan bayonot berdi

'Qirg`iziston prezidenti mamlakatdagi to`qnashuvlar yuzasidan bayonot berdi'ning rasmi

Bishkekda tinch boshlangan parlament saylovlari 5 oktyabr kuni kechki paytga kelib jiddiy to`qnashuvlarga aylandi. saylov natijalaridan norozi bo`lgan aholi huquq-tartibot organlari xodimlari bilan oshkora ziddiyatga kirishib ketdi.

Bu to`polonlar granata, ko`zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlarni ishlatishga olib keldi. 

Keyinroq namoyishchilar parlament va prezident ma`muriyati joylashgan Oq uyga bostirib kirib, uni egallab olishdi. Namoyishchilar Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi binosiga borishdi. Maxfiy xizmat xodimlari bilan muzokaradan so`ng ular sobiq prezident Almazbek Atamboevni o`tgan yozdan beri hibsda bo`lgan GKNB qamoqxonasidan ozod qilishdi. Atambaev davrida hukumatni boshqargan sobiq bosh vazir Sapar Isaqov ham koloniyadan ozod qilindi.

24.kg axborot agentligi seshanba kuni ertalab namoyishchilar poytaxt hokimligi binosini egallab olishgani haqida xabar berdi. O`shda Sooronbay Jeenbekovni qo`llab-quvvatlovchi miting boshlandi.

Prezident Sooronbay Jeenbekov mamlakatda sodir bo`lgan tartibsizliklar haqida videobayonot berdi:

–Aziz vatandoshlar! Kecha ba`zi siyosiy kuchlar saylov natijalarini bahona qilib, ular jamoat tartibini buzdilar. Ular shahar aholisining tinch hayotiga rahna solishdi. Davlat hokimiyatini noqonuniy ravishda egallab olishga urinishdi.

Ular huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga bo`ysunmadilar, shifokorlarni kaltakladilar va binolarga zarar etkazdilar.

Men huquqni muhofaza qilish idoralariga bitta fuqaroning hayotiga xavf tug`dirmaslik uchun o`t ochmaslik yoki qon to`kmaslik haqida buyruq berdim.

Hozircha vaziyatning keskinlashuviga yo`l qo`ymaslik uchun barcha choralarni ko`rdik. Davlatdagi tinchlik, jamiyat barqarorligi har qanday deputatlik mandatidan ham qadrlidir”, – dedi Sooronbay Jeenbekov.

    Boshqa yangiliklar