AsosiyJamiyat

Poytaxtning Uchtepa tumanida ichimlik suvi vaqtincha to`xtatiladi

'Poytaxtning Uchtepa tumanida ichimlik suvi vaqtincha to`xtatiladi'ning rasmi

Toshkent shahrida 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan “Toshkent shahar suv ta`minoti” MChJ tomonidan suv o`tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika va ta`mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan, deb yozmoqda Toshkent shahar hokimligi rasmiy kanali.

Shu munosabat bilan 7 oktyabr soat 09.00 dan 8 oktyabr soat 09.00 gacha Uchtepa tumanidagi ayrim iste`molchilarga ichimlik suvi ta`minoti to`xtatiladi:

- Chilonzor 14, 15-mavzelarida;

- Respublika ko`z jarrohligi klinikasida;

- Toshkent shahar Tez tibbiy yordam shifoxonasida;

- Toshkent shahar Onkologiya dispanserida;

- Diagnostika klinikasida.

Suv bo`lmagan mahallalarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.

Ma`lumot uchun telefonlar: (71) 256-10-95, (71) 252-55-78, (71) 252-60-08, 1054

“Toshkent shahar suv ta`minoti” MChJ noqulayliklar uchun uzr so`raydi.

    Boshqa yangiliklar