AsosiyDunyo

Qirg`izistonda parlament saylovlari boshqatdan o`tkaziladi

'Qirg`izistonda parlament saylovlari boshqatdan o`tkaziladi'ning rasmi

Qirg`iziston Markaziy saylov komissiyasi ikki hafta ichida mamlakat Jogorku Keneshi deputatligi uchun takroriy saylovlar muddatini belgilashi kerak.

platforma.uz bu haqda  «Kabar» agentligi MSK raisi o`rinbosari Abdijapar Bekmatovga asoslanib xabar berganligini aytmoqda.

«Saylov muddatlari uchdan bir qismiga qisqartiriladi. Ya`ni agar ilgari MSK saylovlarni 90 kun ichida o`tkazishi kerak bo`lgan bo`lsa, endilikda ushbu raqamlar 60 kungacha qisqartirildi»,  — degan A.Bekmatov.

Bundan oldin Qirg`iziston markaziy saylov komissiyasi 4 oktyabr kuni Jogorku Keneshga o`tkazilgan saylovlarni noqonuniy deb tan olgan edi.

    Boshqa yangiliklar