AsosiyDunyo

JSST dunyo aholisining o`ndan biri koronavirusga chalingan bo`lishi mumkinligini ma`lum qildi

'JSST dunyo aholisining o`ndan biri koronavirusga chalingan bo`lishi mumkinligini ma`lum qildi'ning rasmi

Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo`yicha rahbari Maykl Rayanning aytishicha, ”eng yaxshi hisob-kitoblar” dunyo aholisining o`ndan biri koronavirusga chalingan bo`lishi mumkinligini ko`rsatmoqda. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Rayan 5 oktyabr kuni JSSTning COVID-19 qarshi kurash bo`yicha olib brogan majlisida nutq so`zladi. Uning so`zlariga ko`ra, koronavirus statistikasi qishloq va shaharlar hamda turli kasb egalari bo`yicha farqlanadi. Lekin, bu oxir-oqibatda dunyo aholisining katta qismi xavf ostida qolayotganini anglatadi.

Hozirda dunyoda 7.6 milliard aholi borligi inobatga olinsa, JSST taxminan 760 million kishining COVID-19 ni yuqtirib olganini aytmoqda.Bu esa Jon Hopkins universiteti va JSSTning o`zi olib borayotgan rasmiy statistikadan ancha baland raqamlar hisoblanadi. Bu ikki statistikada hozirgacha dunyo bo`yicha 35 milliondan ko`proq odam koronavirusni yuqtirib olgani qayd etilgan.

Lekin, ekspertlar davlatlarning koronavirusga chalinganlar va undan vafot etganlar bo`yicha olib borayotgan hisob-kitoblari haqiqiy raqamlardan ancha kam ekanligini bir necha oylardan beri ta`kidlab kelishmoqda.

    Boshqa yangiliklar