1

Shavkatjon Abdurazzaqov Namangan shahridagi o`zini yoqib yuborgan ayol xonadoniga bordi

Jamiyat 07.10.2020, 08:49
Shavkatjon Abdurazzaqov Namangan shahridagi o`zini yoqib yuborgan ayol xonadoniga bordi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov MIB xodimlari harakatiga norozilik sifatida o`ziga o`t qo`yib, vafot etgan ayol xonadoniga bordi.  Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Shavkatjon Abdurazzaqov Namangan shahridagi “Istiqbol” mahallasida bo`lib, marhuma Gulandom Dadaboevaning yaqinlariga ta`ziya bildirdi. Uning 15 va 12 yashar o`g`illari munosib sharoitlarda voyaga etishlarida har tomonlama ko`mak berilishini ta`kidladi.  

—Mazkur holat bo`yicha hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ularning natijasi bo`yicha vaziyatga qonuniy, huquqiy baho beriladi va bu haqda albatta jamoatchilikka ma`lum qilinadi, — dedi viloyat hokimi.  

Eslatib o`tamiz, 2020 yil 29 sentyabr kuni Namangan shahrida istiqomat qilgan 35 yoshli Gulandom Dadaboeva ijro harakatlari davomida o`zining ustiga benzin quyib, yoqib yuborgandi.

Ayol 30 sentyabr kuni tanasining 80 foizdan ortiq kuyish tan jarohati oqibatida RShTYoIM Namangan filialida vafot etgan.

Mavzuga doir:

Bosh prokuratura Namanganda MIB xodimi oldida o`zini yoqib yuborib, halok bo`lgan ayol yuzasidan bayonot berdi

MIB Namanganda o`zini yoqqan ayolning 13 ming dollar puli nega undirilmaganiga oydinlik kiritdi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1