1

Turkiya Rossiya ustidan xalqaro sudlarga arz qiladi

Dunyo 04.01.2016, 15:37
Turkiya Rossiya ustidan xalqaro sudlarga arz qiladi

Turkiya Rossiya ustidan xalqaro savdo tashkiloti va xalqaro sudlarga arz qilish uchun tayyorgarlik ko`rmoqda, deb xabar beradi “Lenta.ru” mamlakat iqtisodiyot vaziri Mustafo Elitash so`zlariga asoslanib.

Moskva tomonidan Turkiyaga nisbatan qabul qilingan sanksiyalar arz qilish uchun sabab bo`lganligi ta`kidlanmoqda.  

Elitashning ta`kidlashicha, Rossiyaning kichik shaharlaridagi turk kompaniyalar ulushlarini mahalliy tadbirkorlarga sotishga majburlanmoqda.

“Savdo-sotiq munosabatlari odob-ahloq tamoyillari asosida amalga oshirilishi kerak. Bu tadbirkorlar Rossiya hukumatiga ishongan va mamlakatga investisiya kiritgan edi”, —deydi vazir.

Vazirning so`zlariga ko`ra, hozirda sudga arz qilish uchun tegishli hujjatlar hozirlanmoqda.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin farmoniga binoan 2015- yilning 28 noyabrida Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritilgan edi. Sanksiyalarga ko`ra, 2016- yilning 1 yanvaridan boshlab, Rossiya hududiga Turkiyadan sabzavot va mevalar, parranda go`shti, gullar va tuzni olib kirish taqiqlandi. Bundan tashqari charter reyslari va vizasiz rejim bekor qilindi. Shuningdek, Rossiya kompaniyalariga Turkiya fuqarolarini ishga qabul qilish istisno tarzida taqiqlandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1