O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 7 oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident.uz xabar berdi.
Suhbat chog`ida ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, bo`lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko`rib chiqildi.
Davlat rahbarlari O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi strategik sheriklik va ko`p qirrali munosabatlarni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta`minlash borasida qat`iy ekanliklarini ta`kidladilar






