Maktabda bitta partada ikki o`quvchi o`tirishi mumkinmi? Oraliq masofa qanday saqlanadi?
AOKAda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov aholidan tushgan ushbu savolga quyidagicha javob qaytardi:
Sinf xonalarida masofa saqlash uchun to`liq imkoniyat yo`q. Shu sababli bolalar niqobda bo`lishlari shart.
O`quvchilarning boshqa sinflar bilan muloqotini cheklash maqsadida darslarning boshlanish va tugash jadvali vaqti 15 minut farqi bilan tuziladi.
Boshlang`ich, o`rta va yuqori sinf o`quvchilarini alohida eshiklardan maktabga kirishlari tashkil etilishi lozim. Sinf xonalarini muntazam shamollatish va dezinfeksiya tadbirlarini o`tkazish zarur.
Bolalarning bir-biri bilan muloqotini cheklash imkoniyati yo`q ekani sababli, asosiy e`tibor ertalabki filtr, o`quvchilarning doka niqobda bo`lishlari, xonalar tez-tez shamollatib turilishi va dezinfeksion-epidemiyaga qarshi tadbirlarga qaratilmoqda.






