AsosiyJamiyat

O`zbekistonda aholining 15-22% gacha immuniteti borligi aniqlandi, degan hisobotni eshitdim. Shu darajada ko`p odamda immunitet bo`lishi mumkinmi? Axir bizda aholining hali 0,2 foizi ham kasallanmadiku?

'O`zbekistonda aholining 15-22% gacha immuniteti borligi aniqlandi, degan hisobotni eshitdim. Shu darajada ko`p odamda immunitet bo`lishi mumkinmi? Axir bizda aholining hali 0,2 foizi ham kasallanmadiku?'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov aholidan tushgan ushbu savolga quyidagicha javob qaytardi:

" Menimcha, bunday ko`p aholida immunitetning borligi quvonarli hol bo`lsa-da, biroz ishonchsiz raqamlar hisoblanadi.  

Aytganingizdek, bizda bu qadar ko`p aholi kasallangani yo`q, buning ustiga hali emlash tadbirlari ham boshlanmadi. Raqamlarning (foizlarning) bunday yuqori ko`rsatkichga chiqishiga bir nechta sabab bo`lishi mumkin:

  • birinchidan, faqat kasallanib sog`aygan aholi qatlami tekshirilgan. Agar shunday bo`lsa, ularning 15-22% da immunitetning bo`lishi — bu yomon ko`rsatkich.
  • ikkichidan, hisob-kitoblarda, tekshirilgan aholi soni va uning tahlilida (interpretasiya) xatolikka yo`l qo`yilgan."

 

    Boshqa yangiliklar