1

“Islom davlati” 5 nafar britaniyalikni qatl etdi

Dunyo 04.01.2016, 16:04
“Islom davlati” 5 nafar britaniyalikni qatl etdi

“Islom davlati” terrorchilik guruhi internet tarmog`iga besh nafar britaniyalik josuslarni qatl etgani tasvirlangan videorolikni joylashtirdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Videorolikda terrorchilar Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronga tahdid qilib, uni Oq uyning aqli zaif quli deb atadi.

10 daqiqalik videorolikda sariq kiyimdagi besh nfar shaxslar o`zlarining Birlashgan Qirollik maxsus xizmati foydasiga josuslik qilganini tan olgan. Jangarilardan biri “Islom davlati” kun kelib Buyuk Britaniya hududini ham ishg`ol etishi va mamlakatni shariat qonun-qoidalariga ko`ra boshqarilishini ta`kidlagan.

Videorolik kichik bolaning inglizcha talaffuz qilingan “Biz kofirlarni o`sha erda o`ldiramiz” degan so`zlari bilan yakunlanadi.

E`lon qilingan videorolikning ishonchlilik darajasi hozircha aniqlanmagan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1