2020 yil 7 oktyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 697 (+118) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 43 nafari Toshkent shahrida,
- 39 nafari Toshkent viloyatida,
- 26 nafari Namangan viloyatida,
- 10 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar:
- Toshkent shahrida 152 nafar,
- Toshkent viloyatida 87 nafar,
- Namangan viloyatida 19 nafar,
- Andijon viloyatida 13 nafar,
- Farg`ona viloyatida 8 nafar,
- Xorazm viloyatida 7 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 56 460 (+295) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 94 foizga etdi.
Hozirda mamlakatimizda 2 745 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






