5 oktyabr kuni soat 17:00 da 33 yoshli A.S., o`zining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini Qarshi tumanidan Nishon tumaniga qarab boshqarib borayotib, 4R-89 raqamli “Qarshi-Nishon-Talimarjon” avtomobil yo`lining 8-kilometriga kelganida avtomashina boshqaruvini yo`qotib, yo`lning o`ng tomoniga chiqib ketib, ag`darilib yo`l-transport hodisasi sodir qilgan. Ushbu YTH haqida IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.
Oqibatda, avtomashina yo`lovchisi 54 yoshli M.O., olgan tan shikasti natijasida hodisa sodir bo`lgan joyda vafot etgan, yo`lovchilar 58 yoshli B.X., va 54 yoshli A.E.,lar og`ir tan shikasti bilan RShTYoIM Qashqadaryo filialining “Jonlantirish” bo`limiga yotqizilgan, biroq ko`rsatilgan tibbiy muolajalariga qaramasdan shu kuni vafot etishgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi boshlig`i tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-kismi “a” bandi bilan (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o`limiga sabab bo`lsa) jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ushbu jinoyat ishi Qashqadaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.