AsosiyJamiyat

Toshkentda 13 yashar bolaga nojo`ya munosabatda bo`lgan 7 nafar IIB xodimi jazolandi

'Toshkentda 13 yashar bolaga nojo`ya munosabatda bo`lgan 7 nafar IIB xodimi jazolandi'ning rasmi

   Toshkent shahar IIBB internet tarmog`ida tarqalgan ichki ishlar xodimining voyaga etmagan bolaga nisbatan nojo`ya munosabati haqida xabarlar tarqaldi. Ayni paytda poytaxt IIBB ushbu holat bo`yicha IIB boshlig`i topshirig`i bo`yicha belgilangan xizmat tekshiruvi yakunlandi, deya xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, Chilonzor tumani IIO FMBning etti nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo`llanildi.

IIO FMB boshlig`ining huquqbuzarliklar profilaktikasi va tarbiyaviy ishlar bo`yicha ikki nafar o`rinbosarlari hamda IIO FMB va 2-son IIB profilaktika xizmati rahbar xodimlari, jami uch nafar xodim qat`iy ogohlantirildi.

19 sentyabr kunidan 20 sentyabrga o`tar tunda navbatchilik qilgan navbatchilik qismining katta inspektorining xatti-harakatlari intizomiy kengashda ko`rib chiqiladi.

Chilonzor tumani IIO FMB 2-son ichki ishlar bo`limi profilaktika inspektori katta leytenant Boltaev Diyorga jiddiy hayfsan e`lon qilindi.

Shuningdek, ma`lum qilamizki, 13 yoshli bolaning oilasidagi holatni, xususan, o`smirning jiddiy kasalligini (kasallik tufayli sud-tibbiy ekspertiza xulosasi chiqarish imkoniyati yo`q), onasi yolg`iz tarbiya qilayotganini inobatga olgan holda Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan xonadondagi santexnika jihozlarini ta`mirlashda amaliy yordam ko`rsatildi. O`smirning oilasiga keyinchalik ham yordam ko`rsatib boriladi.

    Boshqa yangiliklar