AsosiyJamiyat

“Amilee Bahora” xodimlariga sud hukmi o`qildi

'“Amilee Bahora” xodimlariga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Sud hukmiga ko`ra, tashkilot ta`sischisi va huquqshunosi J.Tohirov JKning 168-moddasi 3-qismi «b» bandi, 189-moddasi 1-qismi va 228-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli, deb topildi va unga JKning 57-modasini qo`llab, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy koloniyada o`tash belgilandi.

Tashkilot ta`sischisi va rahbari B.Raupova JKning 168-moddasi 3-qismi «b,v» bandlari va 189-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi va JKning 57-modasini qo`llab, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy koloniyada o`tash belgilandi.

Bundan tashqari, sudlanuvchilarga tegishli bo`lgan Samarqand shahar Registon ko`chasidagi 9-uyning 1-qavatida joylashgan va 1 milliard 3,17 mln. so`mga baholangan 116,95 m.kv ofis binosi kim oshdi savdosi orqali sotuvga qo`yilib, sudlanuvchilarga aldangan fuqarolarga taqsimlab berilishi va ortgan mablag` J.Tohirov va B.Raupovaga qaytarib berilishi belgilandi.

Ma`lumot uchun, mazkur jinoyat ishida jabrlanuvchilar soni 300 dan ziyodni tashkil etgan.

 
  

Boshqa yangiliklar