Polsha davlatining monopoliyaga qarshi kurash qo`mitasi (UOKiK) — “Gazprom”ni va uning hamkorlarini “Shimoliy oqim-2” loyihasida ishtirok etgani uchun jarimaga tortdi. Bu haqida muassasa Twitterda xabar qilgan. “Gazprom” 29 mlrd zlotx ($7,6 mlrd)ga jarimaga tortilgan. Qurilishda ishtirok etayotgan yana beshta kompaniya – 234 mln. zlotx ($61 mln) jarimaga tortilgan. Ular: Fransiyaning Engie, Germaniyaning Uniper va Wintershall, avstriyaning OMV, hamda Gollandiya-Britaniyaning Shell kompanyalari bor. Polshalik regulyator kompaniyalarga qonunchilikda belgilangan maksimal jarima – kompaniyaning yillik oborotidan 10% miqdorda jarima belgilagan. Asos – ular Polsha monopoliyaga qarshi qo`mita ruxsatisiz gaz quvurini qurishda ishtirok etgan.
Undan tashqari Qo`mita kompaniyalarga 30 kuni ichida gaz quvuri qurilishi borasidagi shartnomalarni bekor qilish majburiyatini yukladi. |
07.10.2020 22:35
Polsha “Shimoliy oqim-2” tufayli Gazpromni jarimaga tortdi
