O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha davlat komissiyasining 2020 yildagi 5-son bayoni bilan oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha tabaqalashtirilgan to`lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi ma`lum qildi.
| |
Mazkur miqdorlar 2020 yildagi kirish imtihonlari natijalariga ko`ra, to`plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4 baldan ortiq etmagan va davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal ball — 56,7 balldan kam bo`lmagan holda qo`shimcha ravishda o`qish istagini bildirgan abiturientlarga birinchi o`quv yili uchun qo`llaniladi. Ma`lum qilinishicha, bakalavriat ta`lim yo`nalishlarining kunduzgi ta`lim shakli bo`yicha tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt miqdorlari ushbu ta`lim shakli uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to`lov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma qo`llangan holda hisoblanadi. Vazirlik tomonidan taqdim etilgan jadvalga ko`ra, ta`lim yo`nalishiga bog`liq ravishda tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt miqdorlari ta`lim shakli uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to`lov-kontrakt miqdorlarining 8 baravaridan 17 baravarigacha bo`lishi mumkin. |
07.10.2020 17:55
O`zbekiston OTMlarida 2020/2021-o`quv yili uchun super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi






