AsosiyJamiyat

Qirg`iziston konlari noma`lum shaxslar tomonidan egallab olindi

'Qirg`iziston konlari noma`lum shaxslar tomonidan egallab olindi'ning rasmi

Qirg`izistonda ommaviy noroziliklar va tartibsizliklar yuz berayotgan bir pallada bir guruh shaxslar oltin, mis va ko`mir konlarini egallab oldi. 24.kg nashrining xabar berishicha, Norin viloyatidagi Qora-Keche ko`mir konida ishlar to`xtatilgan.

Yuz chog`li kishi konga bostirib kelib, ko`mirlarni tashib ketgan, bundan tashqari, yarim million so`mdan ortiq pullarni olib qo`ygan, kon rahbariyatini iste`fo berishga majburlagan. 

Shuningdek, Talas viloyatida joylashgan Jeruy oltin konidagi omboxona va fabrikaga hujum uyushtirilib, o`t qo`yilgan. Jalolobod viloyatidagi Jamgir koniga ham hujum qilingan. Xitoyning “Full Gold mayning” kompaniyasi ishlatadigan Ishtamberdi konini 300-400 chog`li kishi egallab olgan. Jaloloboddagi Boimchak mis konida ham ishlar to`xtatilgan.

Chuy viloyatida esa noma`lum shaxslar oltinni aralashmalardan tozalaydigan kombinatni egallab olgan.

Boshqa yangiliklar