AsosiyJamiyat

“Kovidga chalingan o`qituvchilar bor maktabda an`anaviy ta`lim boshlashmoqchi!” nomli maqola yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

'“Kovidga chalingan o`qituvchilar bor maktabda an`anaviy ta`lim boshlashmoqchi!” nomli maqola yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi'ning rasmi

Joriy yil 6 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Kovidga chalingan o`qituvchilar bor maktabda an`anaviy ta`lim boshlashmoqchi!” mavzusidagi maqola yuzasidan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi quyidagilarni ma`lum qildi

Viloyatda jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo`lgan va salomatligini tiklashga muhtoj bolalar uchun 11 ta ixtisoslashtirilgan davlat ta`lim muassasalari (maktab, maktab-internatlar) faoliyat olib bormoqda. 

Mazkur muassasalarda pandemiya sharoitida o`quv jarayoni O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2020 yil        7 sentyabrda 202-sonli “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 28 avgust kuni o`tkazilgan videoselektor yig`ilishining 69-son bayonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta`minlash to`g`risida”gi 202-sonli buyrug`ining 5-bandi va 2020 yil 11 sentyabrdagi 06-06/2-2601-sonli xati asosida tashkil etilishi belgilangan. 

Yuqorida keltirilgan hujjatlarga muvofiq, viloyatdagi maxsus ta`lim muassasalarida o`quv jarayoni tegishli tuman, shahar xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan, ta`lim muassasalarning haqiqiy tayyorgarligi, hududdagi sanitariya-epidemiologik holat va sog`liqni saqlash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan qarorlariga muvofiq tashkil etilmoqda. 

Boshqarma tomonidan bu boradagi ishlar doimiy nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar