Jinoyat ishlari bo`yicha Sergeli tumani sudining joriy yil 14 sentyabrdagi hukmi bilan “Profelite IMP” xususiy bandlik agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan tegishli jazo tayinlangan.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo`ja Norov xabar berganga ko`ra tergov va sud davrida aniqlangan jami zarar miqdori 9 mlrd. so`mga yaqin. 422 mln so`m pul va 60 mln so`mlik bitta avtotransport vositasi undiruvni ta`minlash uchun xatlangan.
Ma`lum qilinishicha, MIB tomonidan tashkil etilgan hududlardagi ishchi guruhlarga 37 nafar jabr ko`rgan fuqarolar hisob-raqamlari to`g`risidagi arizalar bilan murojaat qilinib, ularga zarar pullari proporsional tartibda o`tkazilishi ta`minlangan.
Moddiy zararni qaytarish masalasida murojaat etmagan 226 nafar fuqarolarga hududlarda tashkil etilgan ishchi guruhlarga murojaat qilishlari va etkazilgan zarar pullari qisqa muddatda ularning hisob raqamlariga proporsional ravishda o`tkaziladi.






