AsosiyJamiyat

1 yanvardan jismoniy shaxslarga taksichilik qilish uchun ruxsat berilishi mumkin

'1 yanvardan jismoniy shaxslarga taksichilik qilish uchun ruxsat berilishi mumkin'ning rasmi

Prezidentning "Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmoni loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasiga qo`yildi.

Unda 2021 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslarga o`zini o`zi band qilgan shaxslar sifatida 5 kishidan ko`p bo`lmagan o`rindiqli (haydovchini hisobga olgan holda) engil avtomobil transportida tashish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilishi ham ko`zda tutilgan.  

Bunda o`zini o`zi band etuvchi shaxslar engil avtomobil transportida yo`lovchilarni tashish faoliyatini mobil ilovalar – agregatorlar orqali amalga oshirganlarida olingan daromadlarga ijtimoiy soliqni to`lash bilan bir qatorda jismoniy shaxslardan daromad solig`i belgilangan to`lov stavka bo`yicha olingan daromad summasi 50 foizga kamaytirilgan holda soliq solinadi.

    Boshqa yangiliklar