AsosiySport

Zinedin Zidan endi «Real»ning bosh murabbiyi

Madridning “Real” futbol klubi bosh murabbiyi sobiq klub futbolchisi, fransiyalik Zinedin Zidan bo`ldi.

Bu haqla maxsus chaqirilgan matbuot anjumanda jamoa prezidenti Florentino Peres ma`lum qildi. Xabar “qirollik klubi” rasmiy saytida chop etildi.

Bu vaqtgacha 44 yoshli fransuz “Real Kastilya”ni boshqargan. Zidanning “qirollik klubi” bilan shartnoma muddati noma`lum.

4 yanvar kuni “Real” bosh murabbiyi lavozimini Rafael Benites tark etgandi. Benites Madridning klubiga 2015 yilning iyunida italiyalik Karlo Anchelottining o`rniga kelgandi.

Zidan “Real” tarkibida 2001 dan 2006 yillargacha to`p surgan.

 

    Boshqa yangiliklar