"Uzbekistan airways" aviakompaniyasi 2020 yil 16 oktyabrda Qozondan Toshkentga, 2020 yil 17 oktyabrda Samaradan Toshkentga va 2020 yil 20 oktyabrda Novosibirskdan Toshkentga qo`shimcha charter qatnovlari amalga oshirilishi to`g`risida xabar berdi.
Rossiya Federasiyasining shaharlaridan O`zbekistonga havo qatnoviga O`zbekiston Respublikasi, Rossiya Federasiyasi, Qozog`iston va Qirg`iziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan o`tganligi to`g`risidagi ma`lumotnomani (qatnov jo`nashidan oldin kamida 72 soatdan ko`p bo`lmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsatl beriladi.
Ma`lum qilinishicha, PZR ma`lumotnomasiga ega bo`lmagan yo`lovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qo`yilmaydi.
Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan ham sotib olishingiz mumkin.






