Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti homiyligida o`zbek tilini o`rganishni istagan o`zga millat vakillari uchun “Qiziqarli o`zbek tili” kursi bepul yo`lga qo`yilmoqda.
Mashg`ulotlar 2 shaklda tashkil qilinadi:
- an`anaviy;
- masofaviy.
O`quv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganlarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Bundan tashqari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o`qitish va malaka oshirish markazi lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek imlosi, o`zbek adabiy tili me`yorlari, davlat tilida ish yuritishni o`rganishga qiziqqan keng aholi qatlamini o`quv kurslariga taklif etmoqda.
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko`chasi, 103-uy.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (93) 603-77-76, (91) 142-11-31