AsosiyDunyo

Qirg`iziston Prezidenti iste`fo berishi uchun shartlarini ochiqladi

'Qirg`iziston Prezidenti iste`fo berishi uchun shartlarini ochiqladi'ning rasmi

Bugun, 9 oktyabr kuni Jeenbekov xalqiga yana bir bor murojaat yo`llab, lavzoimidan iste`fo berish shartini ochiqladi.

“Yangi parlament saylovlari belgilanishi kerak. Bu masalada qarorni Markaziy saylov komissiyasi qabul qiladi. Bu choralar hozirgi siyosiy keskinlikni yumshatadi Parlamentariylar o`z majburiyatini bajara olishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari deputatlar xavfsizligini ta`minlashi kerak. Ijro etuvchi idoralarning qonuniy rahbarlari tasdiqlangandan keyin va mamlakat qonuniy yo`lga tushib olgach, men Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti lavozimidan ketishga roziman”, deydi Prezident.

Prezident matbuot kotibi Tolgonay Stamalievaning so`zlariga ko`ra, iste`foga chiqqani aytilgan Bosh vazir Kubatbek Boronovning arizasini Prezident imzolamagan. Bunday ariza davlat rahbariga kelmagan.

    Boshqa yangiliklar