Bugun 9 oktiyabr kuni soat 10:41 da Yunusobod tumani 15-dahasidagi ko`p qavatli 60-uy xonadonlaridan birida yong`in kelib chiqqan. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.
Yong`in natijasida uy jihozlari 5 kv.m maydonda yongan. Yong`in-qutqaruv jangovar bo`linmalari manzilga soat 10:48 da etib borgan va ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida uyning 60 kv.m hamda uy ichida qolib ketgan ikki nafar bolaning hayoti saqlab qolingan.
Yong`in soat 11:00 da to`liq bartaraf etilgan hamda uyga tutash qo`shni xonadonlarning yong`in natijasida zarar ko`rish va fuqarolar jabirlanishining oldi olingan. Yong`in joyiga 3 ta yong`in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.






