Avstraliyaning Esperans shahrining qirg`oq suvlarida bir kishi okeandagi akula bilan to`qnashib ketdi va izsiz g`oyib bo`ldi. Hukumat qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishmoqda, deb yozadi News.com.au. Manbaning xabar berishicha, 9-oktyabr, juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:45 da syorfingchilar uchun mo`ljallangan joyda akula odamga hujum qilganligi haqida xabar berilgan. Voqea joyiga patrulchilar, tez yordam mashinalari, qutqaruvchilar va baliq ovlash sohasi xodimlari etib kelishdi va qidirishdan so`ng erkak akulaga em bo`lgan bo`lishi mumkinligi haqida taxmin qilishdi. Shtat bosh vaziri Mark Makgovenning aytishicha, mahalliy syorfyongchi qurbonni suvdan olib chiqishga uringan biro uning urinishi muvaffaqiyatsiz tugagan, shundan so`ng u polisiyaga yordam so`rab murojaat qilgan.
Avstraliya polisiyasi voqea joyidan syorfingchining taxtasi topilganligini tasdiqladi, ammo uning egasi bedarak yo`qolganligini ma`lum qildi Wiley Biley qirg`og`i vaqtincha jamoat uchun yopildi. |
09.10.2020 17:46
Avstraliyada syorfingchi akula bilan to`qnashganidan keyin izsiz g`oyib bo`ldi






