AsosiyJamiyat

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi 40 yoshida vafot etdi

'O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi 40 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig`i - O'zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi va viloyat kengashi deputati Odilov Sirojiddin Turdievich 9 oktyabr kuni 40 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

S.Odilov 1980 yil Shahrisabz tumanida tug`ilgan. Yosh bo`lsa-da, millionlab shogirdlari bor ustoz edi. 2019 yil "Jismoniy tarbiya va sport a`lochisi" ko`krak nishoni, joriy yilda xalqimiz boshiga tushgan og`ir damlardagi fidoyiligi va saxovati uchun “Mehr-saxovat” ko`krak nishoni bilan taqdirlangandi.

Marhumning vafoti munosabati bilan uning oila a`zolari hamda qarindoshlariga Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat tashkilotlari rahbarlari va keng jamoatchilik chuqur ta`ziya bildirmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar