Moskvada Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirokida 10 soatdan ziyodroq vaqt davom etgan muzokaralar natijasida tomonlar Tog`li Qorabog`da o`t ochishni to`xtatish haqida kelishuvga erishdi. Bu haqda Platforma yozmoqda.
U 10 oktyabr, ya`ni bugun soat 12:00 dan e`tiboran kuchga kiradi. Harbiy harakatlarni to`xtatishning aniq parametrlari qo`shimcha ravishda kelishib olinadi.
O`t ochish to`xtatilgach, tomonlar harbiy asirlar va halok bo`lganlarning jasadlarini almashishni boshlaydi. Keyingi bosqichda EXHT Minsk guruhi yordamida muzokaralarga o`tiladi.
Eslatib o`tamiz, Tog`li Qorabog`dagi harbiy harakatlar 27 sentyabrda boshlangan edi. Shu paytga qadar yo`qotishlar haqida turlicha ma`lumotlar berildi:
Tog`li Qorabog`dagi to`qnashuvlarda 550 nafar Armaniston harbiysi o`ldirilgan
Tog`li Qorabog`da 320 harbiy halok bo`ldi. Tinch aholi orasida ham qurbonlar bor
Sal avval Vladimir Putin Tog`li Qorabog`dagi urushni to`xtatishni talab qilgan edi.






