Qo`shrabotlik 20 yoshli N. tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan holat yuzasidan jarima maydonchasiga joylashtirilgan “Malibu” rusumli avtotransport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga Ichki ishlar xodimiga 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, 5 oktyabr kuni IIV O`z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo`yicha bo`limi va Qo`shrabot tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro N. IIB xodimiga 400 AQSh dollari pullarni pora sifatida berayotgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.






