Hukumat qarori bilan Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega bo`lgan ob`ektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning vaxta usuli to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Huquqiy axborot kanali yozmoqda.
Vaxta usuli qurilayotgan ob`ektlar korxonadan uzoq masofada joylashgan sharoitda ishlarni mehnat resurslaridan foydalanish asosida tashkil qilish shakli hisoblanadi.
Tashkilot joylashgan joydan ish joyigacha etib olish va u erdan qaytish uchun xodimlar 3 soatdan ko`proq vaqt sarflaydigan bo`lsa yoki favqulodda vaziyatlarda, tashkilotlarning rahbarlari ishlar vaxta usulida bajarilishini tashkil etishga haqli.
Ishlarni vaxta usulida tashkil etish haqidagi qaror kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan kelishilgan holda tashkilot rahbari tomonidan qabul qilinadi.
️Xodimning vaxtaga jo`natilishi xizmat safari hisoblanmaydi.
Vaxtaning davomiyligi bir oydan oshmasligi lozim.
Vaxta xodimlari ob`ektda bo`lgan davrda maxsus tashkil qilinadigan vaxta shaharchalarida istiqomat qiladi.
Vaxta usulida bajarish uchun mo`ljallangan ishlarning aniq hajmlari va turlari pudratchi hamda buyurtmachi tomonidan qurilishni bajarish uchun pudrat shartnomasi tuzilayotganda, subpudratchi tashkilotlari uchun esa subpudratchi shartnomasi tuzilayotganda belgilanadi.
Vaxta usulida bajariladigan ishlarga 18 yoshga to`lmagan ishchi va xizmatchilar, homilador ayollar va 3 yoshga to`lmagan farzandlari bo`lgan ayollar jalb qilinishiga yo`l qo`yilmaydi.