Pokiston mashhur TikTok dasturini “axloqsiz va odobsiz tarkibni filtrlay olmagani” uchun taqiqlab qo`ydi. Bu haqda Daily Mail mamlakat telekommunikasiya regulyatoriga asoslanib yozmoqda. Ta`kidlanishicha, bunday qaror mamlakat aholisi shikoyatlari asosida qabul qilingan. Ilova ishlab chiquvchilari o`z siyosatini qayta ko`rib chiqishgan taqdirda, Pokiston taqiqni bekor qilishga tayyor. Ilova vakillari uning foydalanuvchilari yashaydigan mamlakatlar qonunlari qoidalariga rioya qilishlarini ta`kidladilar. Shu bilan birga, ular ushbu muammoni hal qilishda Pokiston rasmiylari bilan ishlashni davom ettirishlarini qo`shimcha qilishdi. Iyul oyida Pokiston TikTok'ga so`nggi taqiqlovchi ogohlantirishni e`lon qildi. Keyin mamlakat telekommunikasiya boshqarmasi agar talablar bajarilmasa, ijtimoiy tarmoq abadiy taqiqlanadi, deb aytdi. |
10.10.2020 18:56