2015 yilning 25 dekabr kuni shahar hokimi Rahmonbek Usmonov tomonidan imzolangan hujjatga ko`ra, poytaxtda 30 ta yangi mahalla tuziladi va endi Toshkentdagi mahallalarning umumiy soni 505 tani tashkil etadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining rasmiy saytidagi ma`lumotlarga asoslanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda.
Yangi mahallalar Toshkent shahridagi ayrim mahallalarning hududiy chegaralarini o`zgartirish orqali tashkil etiladi.
|
Mahallaning hozirgi nomi |
Bo`lingan mahallaning yangi nomi |
|
Mirzo Ulug`bek tumani |
|
|
1. «Bo`z-2» |
«Elobod» |
|
2. «Navnihol» |
«Oliy himmat» |
|
Sergeli tumani |
|
|
3. «Xonobod» |
«Quruvchilar» |
|
4. «Oqibat» |
«Obihayot» |
|
5. «Al-Farg`oniy |
«Polvonyor» |
|
6. «Yorqin hayot» |
«Hayotobod» |
|
7. «A.Jomiy» |
«Ziyokor» |
|
8. «Temiryo`lchi» |
«Olchazor» |
|
Uchtepa tumani |
|
|
9. «O`rikzor» |
«Zarafshon» |
|
10. «Katta Qa`ni» |
«Foziltepa» |
|
11. «Qo`rg`ontepa» |
«Tepaqo`rg`on» |
|
12. «Xuroson» |
«Zargarlik» |
|
13. «Nurobod» |
«Hamdo`st» |
|
14. «A.Sog`uniy» |
«Qovunchi» |
|
15. «Al-Xorazmiy» |
«Diyorobod» |
|
Chilonzor tumani |
|
|
16. «Do`mbirobod» |
«Gavhar» |
|
17. No`g`oy qo`rg`on» |
«Fidokor» |
|
18. «Xirmontepa» |
«Shuhrat» |
|
Shayxontohur tumani |
|
|
19. «Oqtepa» |
«Yangi Jarariq» |
|
20. «Yangiobod» |
«Kamolon Darvoza» |
|
Yunusobod tumani |
|
|
21. «Ittifoq» |
«Mehnatobod» |
|
22. «Firdavsiy» |
«Yangitarnov» |
|
23. «Chinor» |
«Nurmakon» |
|
24. «Bog`ishamol» |
«Bog`ieram» |
|
25. «Sharq haqiqati» |
«Katta Hasanboy» |
|
Yakkasaroy tumani |
|
|
26. «Boshliq» |
«Armug`on» |
|
27. «Rakat» |
«Shohjahon» |
|
28. «Qushbegi» |
«Dilbuloq» |
|
29. «Bobur» |
«Beshariq» |
|
30. «Aviasozlar» |
«Fazogir» |
Hujjatning to`liq matni bilan Toshkent shahar hokimligining rasmiy saytida tanishish mumkin.





