AsosiyJamiyat

G`allaorolda Tangisoy oltinlarini o`g`irlashga uringan shaxslar ushlandi

'G`allaorolda Tangisoy oltinlarini o`g`irlashga uringan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Jizax viloyatining G`allaorol tumani, Buloqboshi QFY hududidagi Tangisoy tog`idan oltin rudasini noqonuniy qaziyotgan 2 nafar shaxs IIO tomonidan qo`lga olindi.

Viloyat IIB axborot xizmati xabar berishicha, oltin rudasini qaziyotgan shaxslarning biri 1995 yilda tug`ilgan A.X. bo`lib, udan 1 dona elektrodvigatel, 1 dona perforator hamda 10 kilogramm ruda ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday noqonuniy faoliyat bilan shug`ullanayotgan yana bir buloqboshilik, 1977 yilda tug`ilgan A.K. ham ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo`lga olingan. Qonunbuzar 1 dona elektrodvigatel va 1 dona perforator yordamida Tangisoydan 10 kilogramm ruda qazib olganligi ma`lum bo`ldi.

Holatlar yuzasidan G`allaorol tumani ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar