AsosiyJamiyat

Zoyir Mirzaev bu yil imtiyoz asosida talaba bo`lgan qashqadaryolik xotin-qizlar bilan uchrashdi

'Zoyir Mirzaev bu yil imtiyoz asosida talaba bo`lgan qashqadaryolik xotin-qizlar bilan uchrashdi'ning rasmi

Prezident tashabbusi bilan oliy ta`lim muassasalariga xotin-qizlarni qo`shimcha davlat granti asosida qabul qilish tartibi belgilangan. Ana shu imtiyoz asosida joriy yil Qashqadaryo viloyatida 88 nafar xotin-qiz talaba bo`ldi. Bugun viloyat hokimi Zoyir Mirzaev ular bilan uchrashdi.  

Uchrashuvda hokim xotin-qizlarni tabrikladi. So`ng  ularga pul mukofoti va estalik sovg`alarini topshirdi.

Statistika.

Qashqadaryo viloyatida OTMga qo`shimcha davlat granti asosida qabul qilingan 88 nafar xotin-qizlarning:

- 6 nafari kam ta`minlangan;

- 50 nafari to`liqsiz oilada tarbiyalanayotganlar (otasi yoki onasi vafot etgan);

- 3 nafari chin etim;

- 3 nafari ijarada yashovchi oila farzandlari;

- 5 nafari ishsiz oila farzandlari;

- 21 nafari nogironligi mavjud (o`zi yoki oila a`zolari)  xotin-qizlarni tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar