2020 yil 10 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 60776 (+95) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: 57 nafari Toshkent viloyatida, 19 nafari Buxoro viloyatida, 10 nafari Farg`ona viloyatida, 9 nafari Andijon viloyatida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. E`tiborli jihati, bugun: Toshkent shahrida 174 nafar, Toshkent viloyatida 89 nafar, Buxoro viloyatida 29 nafar, Samarqand viloyatida 10 nafar, Qashqadaryo viloyatida 11 nafar, Andijon viloyatida 11 nafar, Farg`ona viloyatida 9 nafar, Surxondaryo viloyatida 12 nafar, Jizzax viloyatida 22 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 7 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, yurtimizda 57 704 (+374) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan. Hozirda mamlakatimizda 2 570 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. |
10.10.2020 23:34
Bugun yurtimizda 374 nafar bemor koronavirusdan sog`aydi
